Учебник по немецкому языку для 3 класса на узбекском языке.
«Deutsch mit Spaß 3» darslik majmuasi sizning e’tiboringizga havola etilmoqda. Ushbu darslik-majmua 2-sinflar uchun yozilgan darslikning davomidir. «Deutsch mit Spaß 3» darsligi, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma va multimedia ilovasidan iborat. Darslik 3-sinf o‘quvchilarining nemis tilida saboq olishlariga baholi qudrat yordam beradigan ko‘pdanko‘p qiziqarli va kommunikativ mashqlar, o‘yinlar, she’rlar va qo‘shiqlarni o‘zichiga olgan. Ularni bolajonlar tomonidan o‘zlashtirilishida Siz aziz ustozlar va muhtaram ota-onalarning ko‘magi zarur bo‘ladi.
Darslik bolajonlarimizning nemis tilini o‘rganishlarida qiziqish uyg‘otadi, degan umiddamiz.
Ushbu majmua nemis tilini o‘rgatishning zamonaviy va ilg‘or pedagogik texnologiyalari hamda didaktik tamoyillari asosida yaratildi. Mazkur darslik ayrim kamchiliklardan xoli emasligi ta biiy. Shu bois ushbu darslik majmua yuzasidan bildiriladigan fi krla ringiz biz muallifl ar uchun juda muhimdir.
