Книги по художественной литературе на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Uning otda kelayotganini ko‘rib dahshatga tushdim. Axir shu paytgacha hali birorta ham sarkarda bundayin harakatni qilmagandi. Qilolmasdi ham. Temurbek ot ustida tepalikdan pastga quyunday tushib borarkan, egarning ustida ikki oyoqda turdi va sakrab havoda bir aylandi. Ko‘zim kosasidan chiqib ketgudek bo‘ldi. Axir bunaqada u yiqilib, mayib bo‘lishi ham mumkin edi-ku! To‘g‘ri, u hammaipizdan chaqqon, kuchli, mard va bilimdon. Ammo bu degani jonni garovga qo‘ysa bo‘laveradi degani emas-da!
