Учебник по физике для 7 класса на узбекском языке.
Tabiiy fanlarni, jumladan, fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilarda tadqiqotchilik, kreativ va tanqidiy fikrlash bilan birga ilmiy xabardorlik, amaliy kompetensiya, kommunikativ, o‘z-o‘zini rivojlantirish, axborot bilan ishlash, ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini shaklllantirishga e’tibor qaratish zarur.
Fizikani o‘rganishda o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligi va amaliy kompetensiyalarini shakllantirish hamda rivojlantirish maqsadida o‘qitishning spiralsimon shakli tanlangan. Fizik hodisalarga oid boshlang‘ich tushunchalar 1–6-sinflarda tabiiy fanlar tarkibida berilsa, 7 – 11-sinflarda esa beriladigan zamonaviy bilimlar soddadan murakkabga qarab spiral ko‘rinishida kengaytirilib fan doirasida o‘rganiladi.








