Учебник по географии для 7 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchilar! Siz 6- sinfda «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi» bilan tanishganingizda Yer yuzining rang-barangligini, har bir materik, okean tabiati betakror ekanini, har bir qit’aning o‘rganilish tarixini bilib oldingiz, geografik komplekslarni o‘rgandingiz. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va ta’sirlar, insonning tabiatdan foydalanish masalalari, tabiatni muhofaza qilish muammolari bilan tanishdingiz.
7- sinfda Siz mamlakatimiz —O‘zbekiston Respublikasi joylashgan tabiiy geografik o‘lka—O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi bilan Vatanimiz tabiiy geografiyasini o‘rganasiz. O‘rta Osiyoning geografik o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, geologik tuzilishi, relyefi, foydali qazilmalari, iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari, hayvonot dunyosi, tabiatdan, uning boyliklaridan oqilona foydalanish masalalari bilan tanishasiz. Shu bilan birga, geografiyani o‘rganishda xaritalardan foydalanishni, xaritalarning qanday ishlanishini, turlarini, topografik xaritalar, ulardan qanday foydalanishni bilib olasiz. Yana vaqt hisobi, soat mintaqalari, iqlim hosil qiluvchi omillar, tuproqlar haqida umumiy tushunchalarga ega bo‘lasiz.
